Mantiqiy savollar

1234567891011121314
Across
  1. 3. Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo butun dunyodagi ularning yurgan “yo’lini” hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib o’tgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bo’lgan bu “mashinaning” nomi nima?
  2. 5. U odamzod o’zi uchun tuzib oladigan qora ro’yhatda turadi, uning kattasi emas, ba’zan ko’zga ko’rinmaydiganlari havfliroq. Uning kattasimi, kichigimi har birimizda bor. Mantiqiy o’ylab javobini toping.
  3. 6. Amir Temur jang payti ularning o’rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o’rnini bosa olmaydi deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga ta’rif berganlar?
  4. 8. Qaysi qizning otasi yo’q, onasi yo’q – bobosi bor?
  5. 9. U dunyoda 3096 ta. Har yili ularning 14 tasi yo’qolibketmoqda. Savol: u nima?
  6. 10. Shunday bir narsa borki u dastlab qo’shiq kuylab, so’ngra ko’zyosh to’kadi. Bu nima?
  7. 11. U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’I, u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. Bu qaysi qush?
  8. 12. Nimaning 40 qulochi 1 gramga teng?
  9. 13. Xonaning qaysi joyiga qalam qo’yilsa, uning ustidan sakrab o’tib bo’lmaydi?
Down
  1. 1. Shunday insonlar borki, ular otni ham, filni ham qiyinchiliksiz ko’tara oladi, joyini o’zgartira oladi. Ular kimlar?
  2. 2. U Geyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo’q, Rim papasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti?
  3. 4. Topishmoq: Dengiz ham emas, yer ham emas. Unda kema ham suzmaydi, odam ham yurmaydi.
  4. 7. Oson savol: Qaysi qushning ko’zlari miyasidan kattaroq bo’ladi?
  5. 9. Bu narsa insonga 2 marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi.
  6. 14. Uning qora, yashil, sariq, qizil turlari mavjud. U deyarli har bir honadonda bor. O’zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko’p iste’mol qilishadi. Savol: u nima?