2-guruh. Pul va banklar
Across
- 3. Hisobvaraqda mablag‘ yetarli bo‘lmaganda yoki qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda bajarilishini kutayotgan to‘lov hujjatlari hisobga olinadigan ro‘yxat.
- 7. Markaziy bankning tijorat banklariga kredit resurslari taqdim etishi orqali bank tizimi likvidligini qo‘llab-quvvatlash amaliyoti.
- 10. Pul birligi nominalini belgilangan nisbatda yiriklashtirish yoki qisqartirish orqali hisob-kitob ko‘lamini o‘zgartirish islohoti.
- 12. Vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini qaytarish sharti bilan mablag‘ga ehtiyoji mavjud tarmoqlar va subyektlar o‘rtasida qayta taqsimlash
- 15. Iqtisodiy faoliyatda qiymat yaratish yoki daromad olishga xizmat qiluvchi qiymat resursi
Down
- 1. Pul tizimida yagona metall umumiy ekvivalent va qonuniy pul asosi sifatida amal qiladigan tizim
- 2. Bank emitent belgilangan hujjatlar va shartlar bajarilganda benefitsiar foydasiga to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladigan hisob-kitob shakli
- 4. Markaziy bank tomonidan pul belgilarini muomalaga chiqarish orqali pul taklifini oshirish jarayoni
- 5. Turli xil konkret mehnat turlarini qiymat jihatidan bir-biriga tenglashtiruvchi mehnatning umumiy ijtimoiy ifodasi
- 6. Pulga talabni almashuvlar sonidan ko‘ra iqtisodiy subyektlar daromadining qancha qismini pul shaklida saqlash istagi bilan bog‘laydigan yondashuv
- 8. Likvidlik darajasiga ko‘ra turli pul shakllarini muayyan tarkibiy guruhlarga birlashtiruvchi statistik ko‘rsatkich
- 9. Aktivning qiymatini sezilarli yo‘qotmasdan tezda to‘lov vositasiga aylantirilish qobiliyat
- 11. Milliy pul birligining xorijiy valyutalarga nisbatan rasmiy qiymati pasaytirilishi
- 13. Narxlar o‘sishi yuqori bo‘lib turgan sharoitda ishlab chiqarish o‘sishining sustlashuvi yoki turg‘unlik bilan birga kuzatiladigan holat.
- 14. Qarz kapitalidan muayyan muddat foydalanish evaziga to‘lanadigan daromad yoki haq