Moliyaviy menejment
Across
- 3. aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi, har yili soliq to‘lash, ishlab chiqarishni kengaytirish, zahiralarni to‘ldirish, obligatsiyalar bo‘yicha foizlar to‘lash va direktorlarni mukofotlashdan so‘ng aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi bu?
- 5. biron-bir faoliyatga, korxona yoki loyihaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli kapital kiritishni amalga oshiruvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat bu?
- 9. bozor mexanizmining korxona va firmalarning mahsulot va xizmatlarni sotish, kapitalni foydalirroq joylashtirishda raqiblik asosida xo‘jalik nisbatlarini shakllantirish bilan bog‘liq element bu ?
- 11. korxonaning umuman boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishi bu?
- 12. turli tarmoqlardagi mustaqil korxonalarning ishtirok etish tizimi, qo‘shma tadqiqotlar, patent-licenziya kelishuvlari, moliyalashtirish, ishlab chiqarish hamkorligi vositasida birlashuvi bu?
- 13. davlat mulkini boshqa mulkchilik shakllariga, jumladan, jamoa, aksiyadorlik va xususiy mulkka o‘tkazishda mulkchilik munosabatlarining o‘zgarish jarayoni bu?
- 15. korxonani tashkil qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi, korxona xarakteri va faoliyat turi, qoidalari, a’zolar o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolarni o‘z ichiga oluvchi rasmiy hujjat bu?
- 17. asosiy fondlar qiymatini asta-sekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatlarga o‘tkazilishi; mablag‘larning maqsadli ravishda jamg‘arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini qoplashga ishlatilishi bu?
- 19. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda uning egasi, aksiyadorlik jamiyatining a’zosiga jamiyatni boshqarish va foydadan dividend olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog‘oz bu?
- 20. franchayzi bilan franchayzing shartnomasi imzolovchi yirik korxona (korporatsiya, firma va hokazo) bu?
Down
- 1. kasodga uchrash, korxonaning (tashkilot, bank) o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni mablag‘lar yo‘qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi tushuncha bu ?
- 2. mulkka egalik qilish huquqi ijaraga beruvchida saqlangan holda, mulkni uzoq muddatli ijaraga berishga asoslangan holda investitsiyalarni moliyalashtirish shakli; mashina, uskuna va transport vositalarining o‘rta va uzoq muddatli ijarasi bu?
- 4. mulkni ma’lum bir haq to‘lash evaziga, vaqtinchalik foydalanishga berish to‘g‘risidagi shartnomaga asoslangan holda yollash bu ?
- 6. bozor iqtisodiyoti sharoitlarida subyektning ma’lum bir mahsulot yoki xizmat turini yaratish va sotish yo‘li bilan foyda olishga mo‘ljallangan iqtisodiy faoliyati bu?
- 7. biron-bir holatning alohida tomonlarini taqqoslash va solishtirish yo‘li bilan tavsiflanuvchi ko‘rsatkichlar tizimi bu?
- 8. bitta korxona, ya’ni kombinat doirasida sanoatning bitta yoki bir nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlarni texnologik jihatdan birlashtirishda ifodalanadigan, ishlab chiqarishni umumlashtirish shakllaridan biri?
- 10. mas’ul idoralar tomonidan mahsulotni ekspertiza qilish asosida beriluvchi, mahsulot sifatini belgilovchi hujjat bu ?
- 12. tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan, pay kapitali asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi bu?
- 14. korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalari; pul tushumi va xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi bu ?
- 16. huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va sotishni bir umumiy boshqaruv (va umumiy firma nomi) ostida birlashtiruvchi, korxona yoki turli mulkchilik shaklidagi ixtisoslashgan tashkilotlar majmuasi bu ?
- 18. qimmatbaho qog‘oz turi, belgilangan tartibda yozma shakldagi qarz majburiyati, o‘z egasiga (veksel oluvchiga) veksel beruvchidan ko‘rsatilgan pul miqdorini belgilangan muddatda gap-so‘zsiz to‘lanishini talab qilish huquqini beradi bu?