Ekonometrika fanidan Krosvord
Across
- 3. Tasodifiy omillar ta'sirini hisobga oladigan va ehtimollik qonunlariga asoslangan model turi
- 7. Tuzilgan ekonometrik model sifati va uning haqiqiy jarayonga mosligini tekshirish jarayoni
- 8. Empirik tahlil uchun ekonometrik model shakli va omillarini tanlab olish bosqichi
- 9. Regressiya tenglamasida eng kichik kvadratlar usuli yordamida baholanadigan noma'lum koeffitsiyent
- 12. Ekonometrik tahlilda o'rganilayotgan belgining qiymatlari o'zgarishi va tebranishi
- 13. Ekonometrik modellashtirish natijalari bo'yicha hodisalarning kelajakdagi rivojlanishini oldindan hisoblash
- 14. Duglas bilan birgalikda ishlab chiqarish hajmining mehnat va kapitalga bog'liqlik modelini yaratgan iqtisodchi
- 15. Ko'p omilli regressiyada tushuntiruvchi omillar o'rtasida o'zaro kuchli chiziqli bog'liqlik bo'lishi
Down
- 1. Omil bir foizga o'zgarganda natijaviy ko'rsatkich necha foizga o'zgarishini ko'rsatuvchi koeffitsiyent
- 2. Kuzatilayotgan to'plamda belgining qabul qiladigan har bir aniq qiymati
- 4. Ko'p omilli regressiyada normal tenglamalar tizimini analitik yechishda hisoblanadigan matematik jadval qiymati
- 5. Iqtisodiy ma'lumotlarning vaqt bo'yicha o'zgarishini tavsiflovchi modellar
- 6. Muayyan variantning to'plamda necha marta uchrashini ko'rsatuvchi absolyut takrorlanish soni
- 10. Omillarga nisbatan ikkinchi yoki uchinchi darajali bo'lgan ko'p hadli regressiya shakli
- 11. Ishsizlik darajasi va ish haqi o'rtasidagi Fillips egri chizig'ini ifodalashda qo'llaniladigan chiziqsiz model shakli