Audit
Across
- 2. – Auditorlik tekshiruvi natijasida mijozga beriladigan rasmiy yakuniy hujjat.
- 4. – Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish usullari va tartiblari majmuasi.
- 7. – Auditorlik tashkilotiga audit o‘tkazish huquqini beruvchi, davlat organlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma.
- 11. – Auditorning tekshiruv davomida olingan ma’lumotlarni sir saqlash va uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyati.
- 12. – Auditor rioya qilishi shart bo‘lgan professional axloq qoidalari.
- 13. – Audit jarayonida tekshiriladigan korxonaga tegishli bo‘lgan mulk va mablag‘lar.
- 14. – Moliyaviy hisobotdagi xatolikning darajasi. Agar bu xato foydalanuvchining qaroriga ta’sir qilsa, u moddiy (ahamiyatli) xato hisoblanadi.
- 15. – Auditor barcha hujjatlarni emas, balki ularning ma'lum bir qismini tekshirishi.
Down
- 1. – Korxonaning alohida tekshiriladigan bo‘linmasi, filiali yoki ma’lum bir faoliyat turi (masalan, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish).
- 3. – Korxonaning moliyaviy hisoboti to‘g‘riligini tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan mustaqil tekshiruv.
- 5. – Auditor tomonidan noto‘g‘ri xulosa berish yoki xatoni payqamay qolish ehtimoli.
- 6. – Auditorning o‘z fikrini asoslash uchun to‘plagan ma’lumotlari va hujjatlari.
- 8. – Korxonaning o‘z ichida xatolarni oldini olish uchun o‘rnatilgan ichki tizim
- 9. – Auditorning har qanday ma’lumotga nisbatan professional shubha bilan qarashi va uni dalillar bilan tasdiqlashga intilishi. (Bu auditning oltin qoidasi hisoblanadi).
- 10. – Auditni o‘tkazishdan oldin tuziladigan, tekshiruv bosqichlarini belgilovchi hujjat.