Biznesga kirish fanidan krassword
Across
- 2. Ishlab chiqarish va sotish jarayonida sarflangan resurslarning pul ifodasi
- 4. Tovarni boshqalardan farqlashga xizmat qiluvchi, iste’molchi ongida shakllangan nom va obro’
- 7. Iqtisodiy sub’ektlarning bozorda qulay sharoit va ko’proq xaridor uchun o’zaro kurashi
- 10. Jamiyat kapitalidagi ulushni tasdiqlab, dividend olish huquqini beruvchi qimmatli qog’oz
- 12. Muayyan muddatga, foiz to’lash sharti bilan qaytarib berish sharti asosida beriladigan qarz
- 13. Biznes maqsadlari, bosqichlari va moliyaviy ko’rsatkichlarini asoslovchi hujjat
- 14. Davlat tomonidan qonun asosida majburiy va qaytarib berilmaydigan tartibda undiriladigan to’lov
- 15. Daromad keltirishi kutilib, ishlab chiqarishga jalb qilingan mablag’ va mulk yig’indisi
Down
- 1. Jami tushum bilan jami xarajatlar o’rtasidagi ijobiy farq
- 3. Ishlab chiqarish omillarini birlashtirib, xavfni o’z zimmasiga olgan holda daromad olishga intiluvchi mustaqil iqtisodiy sub’ekt
- 5. Tovar qiymatining pul orqali ifodalangan ko’rinishi, talab va taklif muvozanatida shakllanadigan ko’rsatkich
- 6. Tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan, talab va taklif o’zaro ta’sirlashadigan iqtisodiy makon
- 8. Xaridorlarning to’lov qobiliyati bilan ta’minlangan ehtiyoji
- 9. Ishlab chiqaruvchilar ma’lum narx va vaqtda bozorga chiqarishga tayyor bo’lgan tovar hajmi
- 11. Kutilgan natijaga erishmaslik yoki zarar ko’rish ehtimolini ifodalovchi tushuncha