Bozor riski
Across
- 2. Mablag‘ yetishmasligi yoki foiz stavkalari o‘zgarishi sababli loyihalarda yuzaga keladigan risk qanday ataladi?
- 5. Valyuta kursi yoki narxlarning noqulay o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan zarar ko'rish xavfidan sug'urtalash (himoyalanish) jarayoni qanday ataladi?
- 6. Qonunchilikdagi o‘zgarishlar yoki beqarorlik tufayli investitsiya loyihalarida yuzaga keladigan risk qanday ataladi?
- 7. Turli davlatlar bo‘yicha portfelni taqsimlash orqali oldini olinadigan suveren riskning ikkinchi nomi qanday?
- 10. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda muddatning cho‘zilishi yoki xarajatlarning ortishi bilan bog'liq risk turi qanday nomlanadi?
- 11. Texnik nosozliklar yoki boshqaruvdagi xatolar tufayli yuzaga keladigan risk turi qaysi?
- 13. Qimmatli qog'ozlar yoki aktivlarning qaytish muddatini va ularning foiz stavkalari o'zgarishiga sezgirligini o'lchashga yordam beradigan tahlil turi qaysi?
Down
- 1. Aktiv va majburiyatlar muddatlarining nomuvofiqligini va foiz daromadlari hamda xarajatlari o‘rtasidagi farqni tahlil qilishda foydalaniladigan usul qanday ataladi?
- 3. Inflyatsiya riskidan saqlanish uchun qiymati muayyan iqtisodiy ko'rsatkichga bog'lab qo'yilgan aktivlar qanday nomlanadi?
- 4. Kurslarning o‘zgarishi natijasida zarar ko'rish xavfini keltirib chiqaruvchi risk turi qaysi?
- 8. Aktivlarni tezda sotish va naqd pulga aylantirish imkoniyatining cheklanishi bilan bog'liq risk qanday nomlanadi?
- 9. Markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish yoki sotib olish operatsiyalari amalga oshiriladigan moliyaviy bozor qismi qanday nomlanadi?
- 12. Riskni kamaytirish maqsadida investitsiya portfelini turli xil aktivlar, tarmoqlar yoki mamlakatlar bo'yicha taqsimlash jarayoni qanday ataladi?