davlat krediti

1234567891011121314151617181920212223242526
Across
  1. 5. Davlat qarz oluvchi, kreditor yoki kafil sifatida ishtirok etadigan iqtisodiy munosabatlar majmui nima deyiladi?
  2. 6. Kupon daromadi bo‘lmaydigan, nominalidan chegirma bilan sotiladigan qarz majburiyatlari qanday ataladi?
  3. 9. Davlat kreditining pul muomalasi, foiz stavkalari va ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatuvchi funksiyasi qaysi?
  4. 14. Xorijiy davlatlar, norezident yuridik shaxslar va xalqaro tashkilotlardan mablag‘ jalb qilish natijasida yuzaga keladigan qarz qanday ataladi?
  5. 15. Davlat qarz oluvchilarning majburiyatlarini bajarishini o‘z zimmasiga oluvchi sifatida qanday nomlanadi?
  6. 19. Davlatning iqtisodiyotga jalb qilingan qarz mablag‘lari va majburiyatlarini qayd etish uchun yuritiladigan rasmiy hisob hujjati nima?
  7. 20. Aniq bir mulk bilan ta’minlanmaydigan, davlatning jami mulki bilan ta’minlangan qarz majburiyatlari qanday ataladi?
  8. 23. Davlat qarzi portfelida turli manbalar va moliyaviy vositalardan foydalanish orqali xatarlarni kamaytirish jarayoni nima deyiladi?
  9. 25. Oldin chiqarilgan davlat zayomlarini qaytarish uchun yangi zayomlarni joylashtirish nima deyiladi?
  10. 26. Davlat kreditining markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga xizmat qiluvchi funksiyasi qaysi?
Down
  1. 1. Qimmatli qog‘ozlar bozorida erkin sotilmaydigan davlat qarzlari qanday ataladi?
  2. 2. Davlat qarzlari orqali moliyalashtiriladigan, byudjet daromadlarining xarajatlardan kam bo‘lishi qanday ataladi?
  3. 3. Daromad olish uchun davlat tomonidan chiqariladigan qarz qimmatli qog‘ozlarining umumiy nomi nima?
  4. 4. Muayyan mol-mulk bilan ta’minlanadigan qarz majburiyatlari qanday ataladi?
  5. 7. Bir yildan besh yilgacha qaytarish muddati belgilangan qarzlar qanday ataladi?
  6. 8. Bir yilgacha qaytarish muddati bilan jalb qilinadigan davlat qarzlari qanday nomlanadi?
  7. 10. Davlat qarzi bo‘yicha foiz stavkasi oldindan belgilangan miqdorda emas, o‘zgarib turadigan bo‘lsa, daromad qanday ataladi?
  8. 11. Besh yil va undan yuqori muddatga jalb qilinadigan qarzlar qanday ataladi?
  9. 12. Daromadi lotereya asosida to‘lanadigan davlat qarz majburiyatlari qanday nomlanadi?
  10. 13. Davlat qarzlarining erkin sotilishi va sotib olinishi mumkin bo‘lgan turi qanday ataladi?
  11. 16. Daromadi belgilangan kuponlar asosida yil davomida bir yoki bir necha marta to‘lanadigan qarz majburiyatlari qanday ataladi?
  12. 17. Davlat qarzi miqdorini baholashda u bilan taqqoslanadigan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich nima?
  13. 18. Mablag‘larning maqsadli ishlatilishi va qarzlarning o‘z vaqtida qaytarilishini tekshiruvchi funksiya qaysi?
  14. 21. Davlatning qisqa muddatli qarzlarini jalb qilish uchun odatda chiqariladigan qarz vositasi nima?
  15. 22. Davlat qarz olayotganda uning egaligidagi barcha mol-mulk, hududiy birlik mulki yoki daromadi nimaning ta’minoti bo‘lishi mumkin?
  16. 24. Qarz mablag‘larini ichki manbalardan jalb qilish natijasida yuzaga keladigan davlat majburiyatlari qanday ataladi?