DINSHUNOSLIK 4

12345678910111213141516
Across
  1. 1. — Davlatning iqtisodiy yoki mudofaa quvvatini zaiflashtirish uchun qasddan qilinadigan buzg‘unchilik.
  2. 3. — Davlatning hududiy yaxlitligini buzish va ma’lum bir qismini ajratib olishga qaratilgan harakat.
  3. 5. — Davlat va jamiyat tomonidan ekstremizmga qarshi qaratilgan tizimli harakatlar.
  4. 6. — Terrorchilar o‘z saflarini kengaytirish va yashirinish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan aholi ko‘chishi jarayoni.
  5. 8. — "O‘z uyingni o‘zing asra" tamoyiliga asoslangan doimiy e’tiborlilik.
  6. 10. — Radikallar mavjud tuzumni yiqitish orqali jamiyatni olib kelmoqchi bo‘lgan tartibsizlik holati.
  7. 11. — Terrorchilik tashkilotlari ortida turgan asl siyosiy va moddiy maqsadlar.
  8. 12. — Insonni yovuzlikdan, zo‘ravonlikdan va qonunbuzarlikdan to‘xtatib turuvchi ichki me’yorlar.
  9. 13. — Terrorizmga qarshi kurashda barcha davlatlar amal qilishi shart bo‘lgan normalar to‘plami.
  10. 14. — Jamiyatda turli qarashlar o‘rtasida tinchlikni saqlashga xizmat qiluvchi kelishuv.
  11. 15. — Terrorchilikka qarshi kurashuvchi maxsus bo‘linmalar va chora-tadbirlar majmuasi.
  12. 16. — Hozirgi kunda qurol emas, balki inson ongi uchun kurash ketayotgan maydon.
Down
  1. 1. — Har bir insonning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik bo‘yicha qonuniy huquqi.
  2. 2. — Jinoyat va adashishlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari.
  3. 4. — Ekstremistlar tomonidan shubha ostiga olinadigan, xalq tomonidan tan olingan qonuniy davlat hokimiyati.
  4. 6. — Ma’lum bir mafkuraning boshqa hududlarga tajovuzkorona yoyilishi.
  5. 7. — Yoshlar ekstremistik oqimlar ta’siriga tushmasligi uchun mazmunli tashkil etilishi kerak bo‘lgan davr.
  6. 8. — Milliy xavfsizlikni ta'minlovchi eng muhim ijtimoiy omil.
  7. 9. — Ekstremistik guruhlar tomonidan utopik va noto‘g‘ri talqin qilinadigan, o‘tmishdagi boshqaruv shakli.
  8. 13. — Shaxsning sekin-asta keskin qarashlar va zo‘ravonlik g‘oyalari ta’siriga tushib qolish jarayoni.