Krassword
Across
- 5. Lingvistik qidiruv vaqtida matn ichidan aynan kerakli so'zni yoki harfni topish uchun MS Access so'rovlarida ishlatiladigan maxsus operator.
- 10. So'rovlarda matn qidirayotganda (masalan, "Ingliz") so'zning oldida yoki orqasida ixtiyoriy belgilar borligini bildiruvchi kompyuter belgisi.
- 11. Bitta sayyoh ismini turli hujjatlarda qayta-qayta yozavermaslik uchun "Sayyohlar" va "Buyurtmalar" jadvallarini bir-biriga ulash jarayoni.
- 13. Microsoft kompaniyasi tomonidan ma'lumotlar bazasini yaratish va boshqarish uchun ishlab chiqilgan, turizmda mijozlar hisobini yuritishda qo'llaniladigan maxsus dastur.
- 14. Jadvallarning ustunlarini yaratish va ularning ma'lumot turini (matn, raqam, sana) belgilash uchun kiriladigan maxsus loyihalash rejimi.
Down
- 1. Tur-paket narxini kiritishda tanlanadigan va hisob-kitoblarda avtomatik valyuta belgisini chiqarib beruvchi ma'lumot turi (Ruscha: Денежный).
- 2. Jadvallarni bog'lash oqali xato ma'lumot kiritilishini (masalan, bazada yo'q sayyohga chipta sotishni) taqiqlovchi "Ma'lumotlar b.........ni ta'minlash" (Обеспечение целостности) qoidasi.
- 3. Ma'lumotlar bazasining asosi bo'lib, sayyohlar yoki tur-paketlar ro'yxatini qator va ustunlarda saqlaydigan asosiy ob'ekt.
- 4. Turistik agentlikning minglab mijozlari, mehmonxonalari va turlari haqidagi tartiblangan ulkan ma'lumotlar saqlanadigan joy (Ma'lumotlar ...).
- 6. Jadvalda har bir sayyohning ma'lumotlari takrorlanmasligi va adashib ketmasligi uchun xizmat qiladigan "Asosiy ..." (Primary Key).
- 7. Sayyohning ismi-sharifi (FIO), davlati yoki muloqot tili kabi so'zlardan iborat axborotlarni saqlash uchun tanlanadigan ma'lumot turi (Ruscha: Краткий текст).
- 8. O'n minglab ma'lumotlar ichidan faqat o'zimizga keraklilarini (masalan, ingliz tilini biladigan sayyohlarni) qidirib topish va filtrlash uchun bazaga beriladigan buyruq (Ruscha: Запрос).
- 9. So'rov (Query) yaratayotganda faqat "VR-sayohat"ni sotib olganlarni ajratib olish uchun maxsus qatorga (Условие отбора) yoziladigan qat'iy mezon
- 12. Har bir sayyoh yoki tur-paketga dastur tomonidan avtomatik ravishda beriladigan va hech qachon takrorlanmaydigan noyob identifikatsiya raqami.
- 15. Sayyohning tur-paketni qachon sotib olganini qayd etish uchun "Buyurtmalar" jadvalida ishlatiladigan aniq ma'lumot turi (Ruscha: Дата и время).