Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari
Across
- 5. Alohida qismlarni yaxlit holatga keltirib, umumiy bog‘liqlikni aniqlash usuli.
- 7. Iqtisodiy nazariyalarni sun’iy yaratilgan yoki nazorat qilinadigan sharoitda sinab ko‘rish.
- 9. Xususiy faktlardan umumiy xulosalar chiqarishga asoslangan tadqiqot usuli.
- 11. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishini o‘rganish.
- 12. Iqtisodiy model ichida aniqlanadigan va uning natijasi hisoblangan o‘zgaruvchilar.
- 13. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni chizmalar va diagrammalar orqali tasvirlash vositasi.
- 14. Iqtisodiyotdagi talab va taklif yoki daromad va xarajatning tenglik holati.
- 15. Iqtisodiy jarayonlarni matematik yoki mantiqiy sxemalar yordamida soddalashtirilgan holda tasvirlash usuli.
Down
- 1. Iqtisodiy modelga tashqaridan kiritiladigan, o‘zgarmas deb qabul qilinadigan kattaliklar.
- 2. Tadqiqot obektining ikkinchi darajali omillaridan chetlashib, uning asosiy xususiyatlariga e’tibor qaratish usuli.
- 3. Iqtisodiy ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va miqdoriy tahlil qilish usuli.
- 4. Umumiy qoidalardan xususiy xulosalar chiqarishga yo‘naltirilgan mantiqiy usul.
- 6. Murakkab iqtisodiy hodisani tarkibiy qismlarga ajratish orqali o‘rganish usuli.
- 8. Mavjud tendensiyalar asosida iqtisodiyotning kelajakdagi holatini oldindan aytib berish.
- 10. Alohida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni umumiy, yagona ko‘rsatkichga birlashtirish usuli.