Psixologiya
Across
- 4. Markaziy nerv tizimi ishtirokida tashqi yoki ichki ta’sirga (stimulga) organizmning bergan qonuniy javob reaksiyasi.
- 6. Psixik jarayonlarni sun’iy ravishda tashkil etilgan, nazorat qilinadigan va boshqariladigan maxsus sharoitlarda o‘rganish metodi.
- 8. Ob’ektiv borliqning miyada sub’ektiv aks ettirilishi bo‘lib, inson xulq-atvori va faoliyatini boshqarish funksiyasini bajaradi.
- 10. Idrokning insonning o‘tmish tajribasi, bilimlari, qiziqishlari va umumiy ruhiy holatiga bog‘liq bo‘lish qonuniyati.
- 12. Psixologik test yoki metodikaning aynan o‘zi o‘lchashi kerak bo‘lgan xususiyatni qay darajada to‘g‘ri baholay olish mezoni.
- 15. Inson o‘tmish tajribasini miyada mustahkamlash (esda olib qolish), saqlash, keyinchalik qayta tiklash va unutish jarayonlaridir.
- 16. Sezgi a’zolarining uzoq vaqt ta’sir etib turgan stimulga moslashishi (sezuvchanlikning pasayishi yoki ortishi).
- 17. Psixologiya tarixidagi qadimgi ta’limot bo‘lib, tabiatdagi barcha narsalarni jonli va ruxga ega deb hisoblagan qarash.
- 18. Inson o‘tmish tajribasida to‘plagan tasavvurlar va bilimlarni qayta ishlab, mutlaqo yangi obrazlar va g‘oyalar yaratish jarayoni.
- 19. Organik omillar yoki mashqlar natijasida sezgi a’zolari sezuvchanligining keskin ortishi yoki o‘tkirlashishi.
- 20. Insonning o‘z harakatlari va ularning oqibatlarini aniq tushunishi, o‘zini atrof-muhitdan ajratgan holda idrok eta olishi.
- 21. Muskul, pay va bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lib, tananing fazodagi holati va harakatlari haqida axborot beruvchi retseptorlar.
- 24. Moddiy borliqdagi narsalarning bevosita sezgi a’zolariga ta’sir etganda ularning alohida xossalari (rangi, hidi, ovozi) miyada aks etishi.
- 26. Tashqi muhitdagi real ob’ekt va hodisalarni yanglish, noto‘g‘ri yoki buzib idrok etish holati.
- 27. Bevosita ta’sir ko‘rsatib turgan narsa va hodisalarning barcha xossalari bilan birgalikda, yaxlit bir obraz ko‘rinishida miyada aks etishi.
Down
- 1. Tashqi muhitdan kelayotgan signallarni qabul qiluvchi va tana yuzasida joylashgan sezgi a’zolari (ko‘z, quloq, teri va b.).
- 2. Psixologiyani ong fani emas, balki faqat tashqi tomondan kuzatish mumkin bo‘lgan xulq-atvor (stimul-reaksiya) fani deb hisoblagan yo‘nalish.
- 3. Organizmning ichki holati va ichki a’zolardan (oshqozon, yurak va h.k.) keluvchi signallarni qabul qiluvchi retseptorlar.
- 5. Xayolda hayotda bir-biriga qo‘shilmaydigan turlicha narsalarning xususiyatlarini birlashtirib yangi obraz yaratish (masalan, suv parisi, kentavr).
- 7. Bir sezgi a’zosi qo‘zg‘atilganda, boshqa bir sezgi a’zoga xos tuyg‘uning ham paydo bo‘lishi (masalan, "issiq ranglar" yoki "shirin ovoz").
- 9. Z.Freyd tomonidan asos solingan, inson xulq-atvorida ongsizlik va yashirin instinktlarning rolini birinchi o‘ringa qo‘ygan maktab.
- 11. Insonning o‘z ichki dunyosi, kechinmalari va ruhiy holatlarini o‘zi kuzatishi va tahlil qilishi (o‘z-o‘zini kuzatish metodi).
- 13. Bosh miya qon tomirlari yoki jarohatlari natijasida nutq markazlarining zararlanishi va nutq so‘zlash yoki tushunish qobiliyatining buzilishi.
- 14. Sezgi a’zolari sog‘lom bo‘lgan holda, miya po‘stlog‘i shikastlanishi sababli ob’ektlarni tanish va idrok etish qobiliyatining buzilishi.
- 22. Inson nazorat qilmaydigan, tushunib etilmaydigan, lekin uning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadigan ruhiy jarayonlar va holatlar majmui.
- 23. Nerv tizimining axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish vazifasini bajaruvchi asosiy tarkibiy va funksional hujayrasi.
- 25. Ongning muayyan bir ob’ektga yo‘naltirilishi va unda to‘planishini (konsentratsiyasini) ta’minlovchi ruhiy jarayon.
- 28. Psixikaning eng yuqori, faqat insonga xos bo‘lgan, ijtimoiy-tarixiy mehnat faoliyatida shakllanadigan ijtimoiy aks ettirish shakli.