TERMINOLOGIYA

12345678910111213141516
Across
  1. 4. Jamiyatdagi ma'lum bir guruh yoki qatlam (masalan, talabalar, harbiylar) o'rtasidagi o'ziga xos yashirin nutq birliklari
  2. 5. So'z va iboralarning ma'nosini o'rganadigan tilshunoslik bo'limi
  3. 10. Jinoyat olami vakillari tomonidan o'zaro sirlarni yashirish uchun qo'llanadigan sun'iy til elementlari
  4. 12. Tilda lisoniy birliklarning nutq zanjiridagi chiziqli munosabati
  5. 14. Ma'noli eng kichik lisoniy birlik
  6. 15. Jamiyat hayotidan butunlay yo'qolib ketgan tarixiy tushuncha va narsalarni ifodalovchi so'zlar
  7. 16. Tilning barcha so'z va iboralarini qamrab oluvchi lug'at tarkibi
Down
  1. 1. Lisoniy birliklarning xotiradagi mikrotizimga birlashish munosabati
  2. 2. Til birliklarining nutqiy vaziyatda, so'zlovchi va tinglovchi munosabatida namoyon bo'lishini o'rganuvchi soha
  3. 3. Muayyan kasb-hunar egalarining o'z faoliyatida qo'llaydigan chegaralangan so'zlari
  4. 6. Lisoniy tizimning muayyan shaxs tomonidan amalga oshirilgan real ko'rinishi
  5. 7. Faqat muayyan hudud yoki sheva vakillari nutqidagina ishlatiladigan chegaralangan so'zlar
  6. 8. Narsaning o'zi yashab, faqat nomi eskirgan va muqobili bilan almashgan tarixiy so'z
  7. 9. Jamiyatning barcha a'zolari uchun tushunarli va keng qo'llanadigan so'zlar qatlami
  8. 11. Tilning jamiyat a'zolari uchun umumiy bo'lgan, xotirada saqlanadigan imkoniyatlar tizimi
  9. 13. Fan, texnika, madaniyat va san'atning maxsus sohalariga oid tushunchalarni ifodalovchi so'zlar