Tovar-moddiy zahiralar hisobi
Across
- 3. Korxona mavjud bo‘lgan tovar-moddiy zahiralarning har xil nomdagi turlari yoki navlari ro‘yxati.
- 4. Tovar-moddiy zahiralarni sotuvchidan olib, ularning hajmi, og‘irligi va sifatini tekshirib, hujjatlashtirish bosqichi.
- 8. Oziq-ovqat, dorilar kabi ba'zi mahsulotlarni ma'lum muddat saqlash va undan keyingina sotishga ruxsat berish tartibi.
- 9. Moddiy boyliklarni xodimlarga yoki boshqa shaxslarga sotish jarayonida amalga oshiriladigan doimiy yoki vaqtinchalik narx pasaytirish.
- 10. Tovar-moddiy zahiralarning yaroqsizligi, haddan tashqari ko‘pligi, nomuvofiqligi to‘g‘risida tuziladigan komissiya hujjati.
- 12. Korxonaning asosiy faoliyati bo‘yicha keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olingan moddiy zahiralar.
- 15. - Tovar-moddiy boyliklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda tuziladigan, tashish va qabul qilishni rasmiylashtiradigan asosiy hujjat.
- 18. Tovar-moddiy zahiralarni aniq joylashtirish, guruhlash va etiketlash orqali ularni topishni osonlashtirish tartibi.
- 19. Narx belgilashda, mijozning to‘lov qobiliyati yoki sotish hajmini hisobga olgan holda, asosiy narxdan chegirib tashlanadigan foiz yoki summa.
- 20. Asosiy va yordamchi vositalardan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan va mahsulotning moddiy asosini tashkil qiladigan moddiy boyliklar.
- 21. Moddiy boyliklarni saqlovchi va topshiruvchi shaxslar o‘rtasida tuziladigan, bir qancha bo‘limli buxgalteriya hujjati.
- 23. "Birinchi kelgan – birinchi chiqadi" tamoyiliga asoslangan, moddiy zahiralarni hisobdan chiqarishning birinchi hisobga olish usuli.
- 24. Tovar-moddiy zahiralar ichiga kiruvchi, texnologik jarayonni tugatgan, sifat nazoratidan o‘tgan va sotishga tayyor mahsulot.
Down
- 1. Sifat nazorati o‘tkazilganda, standart talablarga javob bermaydigan, ishlatilmaydigan moddiy boyliklar.
- 2. Tovar-moddiy zahiralarning hisobiy va haqiqiy qoldiqlari o‘rtasidagi farqni bartaraf etish jarayoni.
- 5. Bir vaqtda, bir xil shartnoma asosida va bir xil sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, o‘ziga xos raqam belgilangan tovar-moddiy zaxiralar to‘plami.
- 6. - Har bir turdagi zahirani o‘rtacha hisoblangan narxda hisobdan chiqarishga asoslangan uchinchi hisobga olish usuli.
- 7. Tovar-moddiy zahiralarning haqiqiy mavjudligini aniqlash maqsadida ularni hisobga olish va hujjatlashtirish tartibi.
- 11. Ko‘chmas mulkni qurishda ishlatiladigan, tayanch yoki to‘siq vazifasini o‘taydigan yog‘och, temir yoki temir beton konstruktsiyalar
- 13. Bitta mahsulot birligi yoki ma'lum hajmni ishlab chiqarish uchun belgilangan moddiy resurslar sarfining o‘lchovi.
- 14. Tovar-moddiy zahiralarni ma'lum muddatgacha zarar yetmasligi, sifat saqlanishi va hisobini yuritish sharti bilan belgilangan joyda ushlab turish.
- 16. Tovar-moddiy zahiralar ichiga kiruvchi, ishlab chiqarish tsikli yakunlanmagan, ishlov berish yoki yig‘ish jarayonidan o‘tayotgan mahsulotlar.
- 17. "Oxirgi kelgan – birinchi chiqadi" tamoyiliga asoslangan, moddiy zahiralarni hisobdan chiqarishning ikkinchi hisobga olish usuli.
- 18. Maxsus standartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi, ba'zi mahsulotlar (masalan, oziq-ovqat, dorilar) bilan birga keladigan hujjat.
- 22. Ishlab chiqarishga kiruvchi asosiy mahsulot tarkibiy qismi bo‘lib, qishloq xo‘jaligi yoki kon sanoati mahsulotlaridan olinadi.