Xomiladorlikda gipertenziv sindrom, preeklampsiya, eklampsiya. Gipertenziv holatlar tasnifi. Klinikasi, tashxislash, asoratlari. Preeklampsiya va eklampsiya og‘ir formalarida shoshilinch yordam ko‘rsatish. Profilaktika va reabilitatsiya choralari
Across
- 2. Homiladorlik davrida yo‘ldoshning shakllanish jarayoni.
- 4. Gemoliz, jigar fermentlari oshishi va trombotsitlar kamayishi bilan kechuvchi og‘ir sindrom.
- 6. Eklampsiyada tutqanoqni oldini olish va davolashda qo‘llaniladigan magniy sulfat preparati.
- 8. Homiladorlikning 20-haftasidan keyin rivojlanadigan gipertenziya va a’zolar faoliyati buzilishi bilan kechuvchi holat.
- 10. Arterial qon bosimining me’yordan yuqori ko‘tarilishi.
Down
- 1. Arterial qon bosimini pasaytiruvchi dori vositalari yoki ta’sir.
- 3. Kasallik va uning asoratlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi.
- 5. Preeklampsiya fonida boshqa sabab bilan izohlanmaydigan tutqanoq xurujlari yuzaga kelishi.
- 7. Siydik tarkibida oqsil miqdorining me’yordan ortishi.
- 9. Homiladorlik davrida rivojlanadigan patologik holatlar majmuasi uchun ishlatiladigan tarixiy atama.