Across
- 5. Mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq xom-ashyo, mehnatga haq to‘lash, asosiy vositalar amortizatsiyasi xarajatlari.
- 7. Oldindan tuziladigan, muayyan davr uchun rejalashtirilgan kirim va chiqim, ya’ni xarajatlar va daromadlarni ifodalovchi moliyaviy hujjat nima deb ataladi?
- 14. Materiallar va butlovchi qismlar zaxiralari, tayyor mahsulotlar, sotishlar, pul mablag‘lari harakati va qarzlar bo‘yicha tayyorlanadigan hisobotlar shakli.
- 16. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni yengillashtiruvchi asosiy vosita sifatida qo‘llaniladigan ishchi hujjat turlaridan biri.
- 17. Korxonaning ma’lum davrga mo‘ljallangan moliyaviy faoliyatini rejalashtirish jarayoni.
- 18. Jarayonli ishlab chiqarishlarda (masalan metallurgiya, to‘qimachilik) xarajatlarni hisobga oluvchi tannarx aniqlash usuli.
- 19. Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxini javobgarlik markazlari bo‘yicha doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘lib hisobga oladigan, asosiy e’tiborni faoliyat turlari va funksional xizmatlarga qaratadigan hisob tizimi nima?
- 20. Sotuvchi tomonidan xaridorga taqdim etiladigan, mahsulot yoki xizmatlar soni va narxi ko‘rsatilgan, to‘lov shartlari bayon etilgan hujjat
Down
- 1. Ishlab chiqarish xarajatlarini aks ettiruvchi smeta turi?
- 2. Tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalarni sotib olish, tayyor mahsulot zaxiralari va davr xarajatlari hamda moliyaviy mablag‘larning taxminiy manbalarini ifodalovchi budjet turi.
- 3. Korxona daromadlari uning xarajatlarini to‘liq qoplaydigan nuqta.
- 4. Kelasi davrga mahsulotlar (tabiiy birliklarda va pul ifodasida) sotuvi kutilayotgan hajmlari aniqlanadigan detallashgan reja; korxonaning eng yuqori rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi va byudjetlash jarayonida boshlang‘ich nuqta sifatida qo‘llaniladi.
- 6. Xarajatlarni strategik tahlil qilish tizimi, asosiy tarkibiy qismi iste’mol qiymatini shakllantirish zanjiri hisoblanadigan tizim qanday nomlanadi?
- 8. Chegaralarida haqiqiy ishlar yetarli darajadagi ma’lumlikda sodir bo‘ladigan faoliyatning faollik darajasi; mazkur darajada xarajatlar xatti-harakatida qonuniyat mavjud (masalan, doimiy xarajatlar faoliyatning aynan mazkur hajmida shunday bo‘ladi).
- 9. Bo‘linma rahbari nafaqat daromad va xarajatlarga, balki kapital qo‘yilmalarga ajratilgan mablag‘larning oqilona sarflanishiga javob beradigan markaz nomilanishi.
- 10. Korxona tarkibidagi bir javobgarlik markazidan boshqa javobgarlik markaziga mahsulot yoki xizmatlar bahosini aniqlash uchun foydalaniladigan baho.
- 11. Korxona bo‘linmalarining faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlarni taqdim etadigan, budjetlashtirish, investitsiya loyihalarini tahlil qilish, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulatsiyasini qamrab olgan kompleks fan turi.
- 12. Har bir ishchi tomonidan ma’lum bir ishga sarflanadigan vaqtni qayd etadigan ishchi vaqt hisobi kartochkasi; muayyan ish yoki mahsulot to‘piga sarflangan ishchining ish vaqtini hisoblash va mehnat sarfini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
- 13. Sotish hajmi va tannarxi, daromad va xarajatlarning nisbati, sof foyda va investitsiya qo‘yilmalarining qoplanish muddatini ko‘rsatadigan budjet shakli.
- 15. Mahsulotni sotishdan tushgan tushum va ishlab chiqarish tannarxi summasi o‘rtasidagi farq.
