Across
- 2. Auditorlik tashkilotlarining faoliyatini tavsiflovchi muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlarga ajratilgan auditorlik tashkilotlarining tartibga solingan ro‘yxatlarini shakllantirishga nima deb aytiladi
- 3. Katta auditor tomonidan taqsimlab berilgan aniq vazifalarga ega, audit tekshiruvini be’vosita o’tkazadigan va o’z ishlari natijasida tayyorlagan ishchi qog’ozlarini katta auditorga taqdim etadigan shaxs
- 5. Hisobot davrida aktivlarning ko'payishi yoxud majburiyatlarning kamayishi bu -
- 7. Auditorning tahlillari natijasida olingan xo’jalik faoliyatidagi faktlar to’g’risidagi ma’lumotlar to’plami bu -
- 10. Auditorlik firmalarida umumiy rahbarlik vazifasini bajaruvchi, firmaning joriy va uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va baholash, hamda strategik qarorlar qabul qilish huquqiga ega shaxs
- 12. Bu yuridik jihatdan tan olingan va ro’yxatga olingan mutlaq huquqdir
- 14. Auditorlik tashkilotining o’rganiladigan butun to’plamini alohida guruhlar (quyi to’plamlar)ga bo’lish
- 16. Auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspertlar tomonidan maxsus tekshiruv amallari asosida amalga oshiriladigan tekshiruv usuli tushuniladi
- 18. ... audit – xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy xo’jalik faoliyatini to’liq qamrab olgan auditorlik tekshiruvi
- 19. Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir sondan boshlab, har bir doimiy intervaldan tanlab olinadi
- 20. Malaka sertifikatini olishga yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishga da’vogar bo‘lgan jismoniy shaxs
Down
- 1. Hisobotdagi har bir satr bo’yicha moddiylik alohida satrlar bo’yicha yig’ilishi uchun qaysi usuldan foydalaniladi
- 4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga tegishli bo’lgan u yoki bu jarayonlar va operatsiyalarni, hisobot ko’rsatkichlari yoki moddalarini, ayrim olingan bo’limlar faoliyati, hujjatlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish bu qanday audit
- 6. Tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish ehtimolining ta’minlanishi nima deb ataladi
- 8. Hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko'payishi bu -
- 9. Majburiy audit to‘g‘risidagi qonun dastlab qaysi mamlakatda qabul qilingan
- 11. Auditorlik tashkilotiga auditorlik faoliyatini olib borish huquqini beruvchi hujjat nomi
- 13. Auditor bu - auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan ... shaxs
- 15. Moliyaviy hisobotlarda atayin noto’g’ri ma’lumotning keltirilishi yoki kiritilishi lozim bo’lgan ma’lumotning tushirib qoldirilishi
- 17. Moliyaviy hisobotlarda bilmagan holda noto’g’ri ma’lumotning keltirilishi yoki kiritilishi lozim bo’lgan ma’lumotning tushirib qoldirilishi
