Across
- 3. — Davlat tomonidan ayrim tarmoqlar yoki korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun beriladigan qaytarmas yordam puli.
- 4. — Talab va taklif asosida tovar ayirboshlash munosabatlari tizimi.
- 5. — Davlat rivojlantirishga sharoit yaratib beradigan, tavakkalchilikka asoslangan mustaqil faoliyat.
- 6. — Aholi tomonidan tovar va xizmatlardan o‘z ehtiyojlari yo‘lida foydalanish jarayoni.
- 8. — Davlatning muayyan vaqt (yil) uchun mo‘ljallangan daromadlari va xarajatlari rejasi.
- 10. — Foyda olish maqsadida iqtisodiyotga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kapital (mablag‘).
- 14. — Mamlakat chegarasi orqali tovarlar olib o‘tishni tartibga soluvchi davlat tizimi.
- 16. — Davlat byudjetini shakllantirish uchun jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan majburiy to'lov.
- 17. — Bozorning birgina sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan egallab olinishi.
- 19. — Davlat mulkini xususiy mulk qilib sotish yoki o‘tkazish jarayoni.
Down
- 1. — Mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo‘lmagan qismi.
- 2. — Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan ma'lum foiz evaziga vaqtinchalik beriladigan qarz mablag'i.
- 7. — Davlat tomonidan qonuniy belgilangan ish haqining eng kam miqdori (qisqartma nomi).
- 8. — Davlatning iqtisodiyotda keskin inqirozlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan asosiy vazifasi.
- 9. — Davlatning soliqlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobiga shakllanadigan tushumlari.
- 11. — Mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga (chet elga) sotish jarayoni.
- 12. — Davlat tomonidan muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun beriladigan maxsus ruxsatnoma.
- 13. — Davlatning atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish vazifasi.
- 15. — Pulning qadrsizlanishi va narx-navoning umumiy ko'tarilishi jarayoni.
- 18. — Bir yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymati.
