Across
- 1. Davlat mulkini xususiy mulk qilib sotish yoki o‘tkazish jarayoni (PRIVATIZATSIYA)
- 5. Aholi tomonidan tovar va xizmatlardan o‘z ehtiyojlari yo‘lida foydalanish jarayoni (ISTE’MOL)
- 9. Davlatning atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish vazifasi (EKOLOGIYA)
- 11. Davlat tomonidan muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun beriladigan maxsus ruxsatnoma (LITSENZIYA)
- 12. Pulning qadrsizlanishi va narx-navoning umumiy ko'tarilishi jarayoni (INFLYATSIYA)
- 16. Davlatning iqtisodiyotda keskin inqirozlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan asosiy vazifasi (BARQARORLIK)
- 17. Davlat tomonidan qonuniy belgilangan ish haqining eng kam miqdori (qisqartma nomi) (MHEKM)
- 19. Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan ma'lum foiz evaziga vaqtinchalik beriladigan qarz mablag'i (KREDIT)
- 20. Davlatning soliqlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobiga shakllanadigan tushumlari (DAROMAD)
Down
- 2. Foyda olish maqsadida iqtisodiyotga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kapital (mablag‘) (INVESTITSIYA)
- 3. bDavlat tomonidan ayrim tarmoqlar yoki korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun beriladigan qaytarmas yordam puli (SUBSIDIYA)
- 4. Mamlakat chegarasi orqali tovarlar olib o‘tishni tartibga soluvchi davlat tizimi (BOJXONA)
- 6. Davlat rivojlantirishga sharoit yaratib beradigan, tavakkalchilikka asoslangan mustaqil faoliyat (TADBIRKORLIK)
- 7. Bozorning birgina sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan egallab olinishi (MONOPOLIYA)
- 8. Davlat byudjetini shakllantirish uchun jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan majburiy to'lov (SOLIQ)
- 10. Davlatning muayyan vaqt (yil) uchun mo‘ljallangan daromadlari va xarajatlari rejasi (BYUDJET)
- 13. Mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo‘lmagan qismi (ISHSIZLIK)
- 14. Bir yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymati (YAIM)
- 15. Talab va taklif asosida tovar ayirboshlash munosabatlari tizimi (BOZOR)
- 18. Mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga (chet elga) sotish jarayoni (EKSPORT)
