Across
- 3. Aholining psixologik barqarorligi, stressga chidamlilik va ijtimoiy faoliyatga moslashuv qobiliyatini o‘lchovchi farovonlik omili.
- 5. Aholining mehnati yoki tadbirkorlik faoliyati natijasida oladigan mablag‘i yoki moddiy farovonlik darajasini belgilovchi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich.
- 7. Aholining yashash sharoitlari, sog‘liq, farovonlik, xavfsizlik, ekologiya, ta’lim va infratuzilma kabi omillar orqali belgilanuvchi umumiy hayot darajasi.
- 8. Yo‘l, elektr, internet, transport, suv ta’minoti kabi aholining kundalik hayoti va iqtisodiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan tizimlar majmuasi.
- 11. Aholining bilim, malaka, salomatlik va kasbiy kompetensiyasidan iborat bo‘lib, iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri hisoblanadi.
- 12. Narxlar umumiy darajasining doimiy o‘sishi; aholining xarid qobiliyatini pasaytirib, turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
- 13. Aholining hayotidan qoniqish, ruhiy holat, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy ishonch darajasini o‘lchaydigan subyektiv farovonlik ko‘rsatkichi.
- 14. Aholining bilim olishi, kasbiy kompetensiya va malakasini oshirishi uchun ta’lim tizimining samaradorligi, imkoniyati va yondashuv darajasi.
- 15. Mamlakat aholisining o‘rtacha necha yil yashashi kutilishi yoki sog‘liqni saqlash tizimi, yashash sharoiti va turmush sifatining eng muhim ko‘rsatkichi.
Down
- 1. Mamlakat yoki korxonalar ichki va tashqi bozorda samarali ishlab chiqarish, innovatsiya, va sifat bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lish qobiliyati.
- 2. Ichki va tashqi ko‘chish jarayonlari orqali demografik tarkib va hududiy rivojlanishga ta’sir qiluvchi omil.
- 4. Mahalliy hududlarda mavjud bo‘lgan yo‘l, yoritish, bog‘lar, chiqindi tizimi va umumiy qulaylik darajasini ifodalaydi.
- 6. Aholiga ko‘rsatiladigan davlat va xususiy xizmatlarning tezligi, aniqligi, shaffofligi va qulaylik darajasini belgilovchi indikator.
- 9. Aholining bir oy yoki bir yil davomida iste’mol qiladigan asosiy tovar va xizmatlar yig‘indisi yoki hayot narxi va real daromadni aniqlashda qo‘llaniladi.
- 10. Aholi o‘rtasida daromad, imkoniyat, ta’lim va ijtimoiy xizmatlarga kirish bo‘yicha mavjud farqlar darajasi.
