krassvord

1234567891011121314151617181920212223242526
Across
  1. 2. — Har bir bola uchun uning ehtiyojlaridan kelib chiqib tuziladigan Individual O‘quv Rejasining qisqartmasi.
  2. 3. — Maktablarda nogiron bolalar harakatlanishi uchun yaratilishi lozim bo‘lgan to‘siqsiz muhit nomi.
  3. 5. — Inklyuziv sinf o‘qituvchisi ega bo‘lishi kerak bo‘lgan kasbiy mahorat va bilimlar majmuasi.
  4. 7. — Aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalarga ta’lim berish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
  5. 11. — Imkoniyati cheklangan bolaning ta’lim muhitiga va ijtimoiy sharoitga moslashishi.
  6. 12. — Eshitishida nuqsoni bor bolalar uchun darslarni imo-ishora tiliga o‘girib beruvchi shaxs.
  7. 13. — Inklyuziv ta’lim olayotgan bolaning rivojlanish natijalarini doimiy kuzatib borish tizimi.
  8. 14. — Maktab binosiga aravachada kirish uchun mo‘ljallangan qiya yo‘lakcha.
  9. 16. — Ko‘zi ojiz bolalar mutolaa qilishi uchun mo‘ljallangan bo‘rtma nuqtali yozuv tizimi.
  10. 17. — Jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar tufayli inson hayot faoliyatining cheklanishi holati.
  11. 18. — Ko‘rish qobiliyati cheklangan yoki zaif ko‘ruvchi bolalar bilan ishlovchi mutaxassis.
  12. 19. — Ota-onalar va o‘qituvchilar uchun mutaxassislar tomonidan beriladigan maslahat yordami.
  13. 20. — Ta’lim va tarbiya qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan, uning tarkibida maxsus va inklyuziv yo‘nalishlar mavjud.
  14. 21. — Jamiyat va maktab jamoasi tomonidan maxsus ehtiyojli bolalarni qabul qilish darajasi.
  15. 23. — 1994-yilda inklyuziv ta’lim tamoyillari e’lon qilingan xalqaro deklaratsiya qabul qilingan shahar.
  16. 24. — Inklyuziv ta’limda dars o‘tishning o‘ziga xos usul va vositalari tizimi.
  17. 25. — Alohida yordamga muhtoj bolalarning nuqsonlarini tuzatish va o‘rnini to‘ldirishga qaratilgan pedagogik chora.
  18. 26. — Rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqidagi fan.
Down
  1. 1. — Tibbiy, pedagogik va ijtimoiy choralar orqali bolaning yo‘qotilgan funksiyalarini tiklash jarayoni.
  2. 4. — Eshitishida muqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya beruvchi pedagog.
  3. 6. — Bolalarni nuqsoniga qarab ajratilgan holda, alohida maxsus maktablarda o‘qitish modeli.
  4. 8. — Bolaning jamiyat normalarini o‘zlashtirishi va tengdoshlari orasida o‘z o‘rnini topishi.
  5. 9. — Barcha bolalarning, ularning jismoniy yoki intellektual xususiyatlaridan qat’i nazar, umumta’limga jalb etilishi jarayoni.
  6. 10. — Bolaning ruhiy rivojlanish xususiyatlarini o‘rganuvchi va unga ruhiy yordam beruvchi mutaxassis.
  7. 11. — Inklyuziv sinf o‘quvchisiga dars davomida hamrohlik qiluvchi va individual yordam beruvchi pedagog.
  8. 15. — Ta’limda bolalarni sog‘lig‘i yoki boshqa belgilari bo‘yicha kamsitish (inklyuziyada bunga yo‘l qo‘yilmaydi).
  9. 17. — Atrofdagilarning alohida yordamga muhtoj bolalarga nisbatan sabr-toqatli va bag‘rikeng munosabati.
  10. 22. — Maxsus ehtiyojli bolalarni umumiy ta’lim tizimiga qisman yoki to‘liq birlashtirish modeli.
  11. 23. — Nutqida nuqsoni bor bolalar bilan nutq ustida ishlovchi mutaxassis.
  12. 24. — Inklyuziv ta’limning asosi bo‘lib, barcha bolalarning bilim olishda bir xil huquqqa ega ekanligi.