Across
- 3. tebranuvchi vertikal tutqich yordamida kompyuterga axborot kiritish qurilmasi.
- 6. axborotni qayd etish, saqlash, operator izlaganda, uni qaytarib berish uchun mo‘ljallangan integral sxema.
- 10. ovozni qabul qiluvchi analog kirish qurilmasi.
- 12. axborotning devor, proyektor ekrani yoki interfaol doska kabi tekis maydonga proyeksiyalarini namoyish etish qurilmasi.
- 13. sichqonchadan farqli ravishda, harakatlanish maydoni cheklangan joylarda foydalaniladi.
- 15. Notebook yoki Netbooklarda sichqoncha vazifasini o‘taydi.
- 16. biror narsaning turgan joyini aniqlash.
- 17. grafik axborotlarni katta o‘lchamda yuqori sifat bilan chop etish qurilmasi.
Down
- 1. arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi, xotira qurilmasi bilan bog‘lanuvchi, qurilmalar ishini boshqaruvchi qurilma.
- 2. Unix operatsion tizimi asosida ishlangan tarmoq operatsion tizimi.
- 4. tashqi muhitdan berilgan fizik o‘zgarishlarni signal sifatida qabul qiluvchi kiritish qurilmasi.
- 5. kompyuter xotirasida saqlanayotgan tasvirlarni monitorda tasvirlashga moslashtiruvchi qurilma
- 7. Linux operatsion tizimi asosida yaratilgan ochiq kirish kodli operatsion tizim.
- 8. matnli fayl yoki rasmlarni kompyuterga elektron ko‘rinishda o‘tkazish maqsadida ishlatiladi
- 9. ko‘rsatkich yoki ekrandagi kursorni boshqarish uchun mo‘ljallangan kiritish moslamasi.
- 11. matnli, grafik va videoaxborotlarni ekranda vizual ko‘rsatib beruvchi qurilma.
- 14. kompyuterga axborot kiritishning asosiy qurilmasi bo‘lib, ma’lum belgilarni kiritish yoki vazifani bajarishga mo‘ljallangan tugmachalardan iborat.
