Across
- 1. Foydalanuvchi dastur bilan muloqot qiladigan tashqi vizual qobiq.
- 4. Dastur va foydalanuvchi o‘rtasida faol muloqot o‘rnatish imkoniyati.
- 6. Masofaviy ta’limni tashkil etish uchun xizmat qiluvchi asosiy muhit (masalan, Moodle).
- 7. Maxsus dasturlash tilarisiz ham PDV yaratishga imkon beruvchi vosita.
- 12. O‘quvchi harakatiga nisbatan dastur tomonidan beriladigan javob yoki qayta aloqa.
- 15. Ma’lumotni matn, grafika, audio va video ko‘rinishida birlashtiruvchi texnologiya.
- 16. Dastur yaratishdan oldin uning modelini va tuzilishini ishlab chiqish jarayoni.
- 18. Real jarayon yoki hodisaning kompyuterdagi modelini yaratish.
- 19. Dastur interfeysining badiiy va texnik jihatdan shakllantirilgan ko‘rinishi.
Down
- 2. Tayyor dasturni xatolarga tekshirish va uning sifatini nazorat qilish bosqichi.
- 3. PDV yaratishda asos qilib olinadigan o‘qitish nazariyasi va tamoyillari.
- 5. O‘quv materialining mustaqil va tugallangan qismi.
- 8. Kompyuterda ishlovchi dasturlar va tizimlar majmuasi (Software).
- 9. Harakatsiz tasvirlarga dinamika berish va ularni jonlantirish usuli.
- 10. Ma’lumotlarni tizimli ravishda saqlovchi va qidirish imkonini beruvchi ombor.
- 11. Dastur bo‘limlari bo‘ylab harakatlanish va boshqarish tizimi.
- 13. O‘quv vazifasini hal qilish uchun bajariladigan amallarning aniq ketma-ketligi.
- 14. Kalit so‘zlar orqali boshqa ma’lumotlarga tezkor o‘tishni ta’minlovchi matn.
- 15. O‘quvchining bilim olish darajasini doimiy kuzatib borish tizimi.
- 17. PDV mazmuni va undagi voqealar rivojining batafsil bayoni.
