Moliyaviy menejment

1234567891011121314151617181920
Across
  1. 3. aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi, har yili soliq to‘lash, ishlab chiqarishni kengaytirish, zahiralarni to‘ldirish, obligatsiyalar bo‘yicha foizlar to‘lash va direktorlarni mukofotlashdan so‘ng aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi bu?
  2. 5. biron-bir faoliyatga, korxona yoki loyihaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli kapital kiritishni amalga oshiruvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat bu?
  3. 9. bozor mexanizmining korxona va firmalarning mahsulot va xizmatlarni sotish, kapitalni foydalirroq joylashtirishda raqiblik asosida xo‘jalik nisbatlarini shakllantirish bilan bog‘liq element bu ?
  4. 11. korxonaning umuman boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishi bu?
  5. 12. turli tarmoqlardagi mustaqil korxonalarning ishtirok etish tizimi, qo‘shma tadqiqotlar, patent-licenziya kelishuvlari, moliyalashtirish, ishlab chiqarish hamkorligi vositasida birlashuvi bu?
  6. 13. davlat mulkini boshqa mulkchilik shakllariga, jumladan, jamoa, aksiyadorlik va xususiy mulkka o‘tkazishda mulkchilik munosabatlarining o‘zgarish jarayoni bu?
  7. 15. korxonani tashkil qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi, korxona xarakteri va faoliyat turi, qoidalari, a’zolar o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolarni o‘z ichiga oluvchi rasmiy hujjat bu?
  8. 17. asosiy fondlar qiymatini asta-sekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatlarga o‘tkazilishi; mablag‘larning maqsadli ravishda jamg‘arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini qoplashga ishlatilishi bu?
  9. 19. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda uning egasi, aksiyadorlik jamiyatining a’zosiga jamiyatni boshqarish va foydadan dividend olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog‘oz bu?
  10. 20. franchayzi bilan franchayzing shartnomasi imzolovchi yirik korxona (korporatsiya, firma va hokazo) bu?
Down
  1. 1. kasodga uchrash, korxonaning (tashkilot, bank) o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni mablag‘lar yo‘qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi tushuncha bu ?
  2. 2. mulkka egalik qilish huquqi ijaraga beruvchida saqlangan holda, mulkni uzoq muddatli ijaraga berishga asoslangan holda investitsiyalarni moliyalashtirish shakli; mashina, uskuna va transport vositalarining o‘rta va uzoq muddatli ijarasi bu?
  3. 4. mulkni ma’lum bir haq to‘lash evaziga, vaqtinchalik foydalanishga berish to‘g‘risidagi shartnomaga asoslangan holda yollash bu ?
  4. 6. bozor iqtisodiyoti sharoitlarida subyektning ma’lum bir mahsulot yoki xizmat turini yaratish va sotish yo‘li bilan foyda olishga mo‘ljallangan iqtisodiy faoliyati bu?
  5. 7. biron-bir holatning alohida tomonlarini taqqoslash va solishtirish yo‘li bilan tavsiflanuvchi ko‘rsatkichlar tizimi bu?
  6. 8. bitta korxona, ya’ni kombinat doirasida sanoatning bitta yoki bir nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlarni texnologik jihatdan birlashtirishda ifodalanadigan, ishlab chiqarishni umumlashtirish shakllaridan biri?
  7. 10. mas’ul idoralar tomonidan mahsulotni ekspertiza qilish asosida beriluvchi, mahsulot sifatini belgilovchi hujjat bu ?
  8. 12. tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan, pay kapitali asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi bu?
  9. 14. korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalari; pul tushumi va xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi bu ?
  10. 16. huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va sotishni bir umumiy boshqaruv (va umumiy firma nomi) ostida birlashtiruvchi, korxona yoki turli mulkchilik shaklidagi ixtisoslashgan tashkilotlar majmuasi bu ?
  11. 18. qimmatbaho qog‘oz turi, belgilangan tartibda yozma shakldagi qarz majburiyati, o‘z egasiga (veksel oluvchiga) veksel beruvchidan ko‘rsatilgan pul miqdorini belgilangan muddatda gap-so‘zsiz to‘lanishini talab qilish huquqini beradi bu?