Psixologiya

12345678910111213141516171819202122232425262728
Across
  1. 4. Markaziy nerv tizimi ishtirokida tashqi yoki ichki ta’sirga (stimulga) organizmning bergan qonuniy javob reaksiyasi.
  2. 6. Psixik jarayonlarni sun’iy ravishda tashkil etilgan, nazorat qilinadigan va boshqariladigan maxsus sharoitlarda o‘rganish metodi.
  3. 8. Ob’ektiv borliqning miyada sub’ektiv aks ettirilishi bo‘lib, inson xulq-atvori va faoliyatini boshqarish funksiyasini bajaradi.
  4. 10. Idrokning insonning o‘tmish tajribasi, bilimlari, qiziqishlari va umumiy ruhiy holatiga bog‘liq bo‘lish qonuniyati.
  5. 12. Psixologik test yoki metodikaning aynan o‘zi o‘lchashi kerak bo‘lgan xususiyatni qay darajada to‘g‘ri baholay olish mezoni.
  6. 15. Inson o‘tmish tajribasini miyada mustahkamlash (esda olib qolish), saqlash, keyinchalik qayta tiklash va unutish jarayonlaridir.
  7. 16. Sezgi a’zolarining uzoq vaqt ta’sir etib turgan stimulga moslashishi (sezuvchanlikning pasayishi yoki ortishi).
  8. 17. Psixologiya tarixidagi qadimgi ta’limot bo‘lib, tabiatdagi barcha narsalarni jonli va ruxga ega deb hisoblagan qarash.
  9. 18. Inson o‘tmish tajribasida to‘plagan tasavvurlar va bilimlarni qayta ishlab, mutlaqo yangi obrazlar va g‘oyalar yaratish jarayoni.
  10. 19. Organik omillar yoki mashqlar natijasida sezgi a’zolari sezuvchanligining keskin ortishi yoki o‘tkirlashishi.
  11. 20. Insonning o‘z harakatlari va ularning oqibatlarini aniq tushunishi, o‘zini atrof-muhitdan ajratgan holda idrok eta olishi.
  12. 21. Muskul, pay va bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lib, tananing fazodagi holati va harakatlari haqida axborot beruvchi retseptorlar.
  13. 24. Moddiy borliqdagi narsalarning bevosita sezgi a’zolariga ta’sir etganda ularning alohida xossalari (rangi, hidi, ovozi) miyada aks etishi.
  14. 26. Tashqi muhitdagi real ob’ekt va hodisalarni yanglish, noto‘g‘ri yoki buzib idrok etish holati.
  15. 27. Bevosita ta’sir ko‘rsatib turgan narsa va hodisalarning barcha xossalari bilan birgalikda, yaxlit bir obraz ko‘rinishida miyada aks etishi.
Down
  1. 1. Tashqi muhitdan kelayotgan signallarni qabul qiluvchi va tana yuzasida joylashgan sezgi a’zolari (ko‘z, quloq, teri va b.).
  2. 2. Psixologiyani ong fani emas, balki faqat tashqi tomondan kuzatish mumkin bo‘lgan xulq-atvor (stimul-reaksiya) fani deb hisoblagan yo‘nalish.
  3. 3. Organizmning ichki holati va ichki a’zolardan (oshqozon, yurak va h.k.) keluvchi signallarni qabul qiluvchi retseptorlar.
  4. 5. Xayolda hayotda bir-biriga qo‘shilmaydigan turlicha narsalarning xususiyatlarini birlashtirib yangi obraz yaratish (masalan, suv parisi, kentavr).
  5. 7. Bir sezgi a’zosi qo‘zg‘atilganda, boshqa bir sezgi a’zoga xos tuyg‘uning ham paydo bo‘lishi (masalan, "issiq ranglar" yoki "shirin ovoz").
  6. 9. Z.Freyd tomonidan asos solingan, inson xulq-atvorida ongsizlik va yashirin instinktlarning rolini birinchi o‘ringa qo‘ygan maktab.
  7. 11. Insonning o‘z ichki dunyosi, kechinmalari va ruhiy holatlarini o‘zi kuzatishi va tahlil qilishi (o‘z-o‘zini kuzatish metodi).
  8. 13. Bosh miya qon tomirlari yoki jarohatlari natijasida nutq markazlarining zararlanishi va nutq so‘zlash yoki tushunish qobiliyatining buzilishi.
  9. 14. Sezgi a’zolari sog‘lom bo‘lgan holda, miya po‘stlog‘i shikastlanishi sababli ob’ektlarni tanish va idrok etish qobiliyatining buzilishi.
  10. 22. Inson nazorat qilmaydigan, tushunib etilmaydigan, lekin uning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadigan ruhiy jarayonlar va holatlar majmui.
  11. 23. Nerv tizimining axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish vazifasini bajaruvchi asosiy tarkibiy va funksional hujayrasi.
  12. 25. Ongning muayyan bir ob’ektga yo‘naltirilishi va unda to‘planishini (konsentratsiyasini) ta’minlovchi ruhiy jarayon.
  13. 28. Psixikaning eng yuqori, faqat insonga xos bo‘lgan, ijtimoiy-tarixiy mehnat faoliyatida shakllanadigan ijtimoiy aks ettirish shakli.