Across
- 4. Jamiyatdagi ma'lum bir guruh yoki qatlam (masalan, talabalar, harbiylar) o'rtasidagi o'ziga xos yashirin nutq birliklari
- 5. So'z va iboralarning ma'nosini o'rganadigan tilshunoslik bo'limi
- 10. Jinoyat olami vakillari tomonidan o'zaro sirlarni yashirish uchun qo'llanadigan sun'iy til elementlari
- 12. Tilda lisoniy birliklarning nutq zanjiridagi chiziqli munosabati
- 14. Ma'noli eng kichik lisoniy birlik
- 15. Jamiyat hayotidan butunlay yo'qolib ketgan tarixiy tushuncha va narsalarni ifodalovchi so'zlar
- 16. Tilning barcha so'z va iboralarini qamrab oluvchi lug'at tarkibi
Down
- 1. Lisoniy birliklarning xotiradagi mikrotizimga birlashish munosabati
- 2. Til birliklarining nutqiy vaziyatda, so'zlovchi va tinglovchi munosabatida namoyon bo'lishini o'rganuvchi soha
- 3. Muayyan kasb-hunar egalarining o'z faoliyatida qo'llaydigan chegaralangan so'zlari
- 6. Lisoniy tizimning muayyan shaxs tomonidan amalga oshirilgan real ko'rinishi
- 7. Faqat muayyan hudud yoki sheva vakillari nutqidagina ishlatiladigan chegaralangan so'zlar
- 8. Narsaning o'zi yashab, faqat nomi eskirgan va muqobili bilan almashgan tarixiy so'z
- 9. Jamiyatning barcha a'zolari uchun tushunarli va keng qo'llanadigan so'zlar qatlami
- 11. Tilning jamiyat a'zolari uchun umumiy bo'lgan, xotirada saqlanadigan imkoniyatlar tizimi
- 13. Fan, texnika, madaniyat va san'atning maxsus sohalariga oid tushunchalarni ifodalovchi so'zlar
